AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ishsizlik darajasi 9.6% ekanligiga ishonishmayapti

'O`zbekistonda ishsizlik darajasi 9.6% ekanligiga ishonishmayapti'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Mehnat.uz"da aytilishicha, O`zbekistonimizda ishsizlik darajasi 9.6% emish" nomli xabar tarqaldi. Mazkur holatga Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi o`z munosabatini bildirdi.

Ishsizlik – mehnat bozorida talabga ega bo`lmagan mehnatga layoqatli ishchi kuchining mavjudligi.

2013 yilda 19-Xalqaro mehnat statistikasi konferensiyasi tomonidan qabul qilingan “Mehnat, bandlik va mehnatdan to`liq foydalanish statistikasi to`g`risida”gi rezolyusiyasiga muvofiq, ishsizlikning standart ta`riflanishiga mehnatga layoqatli yoshdagi, ishsiz, ish izlayotgan barcha shaxslar kiradi.

O`zbekistonda ishsizlik darajasi Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari va jahon tajribasidan kelib chiqib ishlab chiqilgan metodoligiya asosida aniqlanadi.

Mehnat resurslari — mehnatga layoqatli yoshdagi (16 dan pensiya yoshigacha) aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi mehnat bilan band bo`lgan shaxslar. Mehnat resurslari balansi — mehnat resurslari soni, rasmiy va norasmiy band bo`lgan fuqarolar, ishsizlar va iqtisodiy faol bo`lmagan aholi ko`rsatkichlarini aks ettiradi.
Mehnat resurlari balansi Xalqaro mehnat tashkilotining 2013 yildagi 19-xalqaro konferensiyasida tasdiqlangan tavsiyalariga  asosan ishlab chiqilgan hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
22 dekabrda 1011-son Qarori bilan tasdiqlangan metodologiyaga asosan  har chorakda ishchi kuchi kuzatuvlari o`tkazish asosida hisoblab chiqiladi.

So`rovnomada har chorakda kamida 100 ta tuman (shahar)da 500 ta mahalla, 5 mingta uy xo`jaligi va 30 mingga yaqin fuqarolar qamrab olinadi. So`rovnoma natijalari “SsPro” va “SPSS” elektron dasturlarga kiritiladi. So`ng tizimdagi algoritm orqali so`rov natijalari tadqiqot o`tkazilmagan tuman (shahar)larga ekstropolyasiya qilinadi. Hisoblangan ko`rsatkichlarga asosan Mehnat resurslari balansi ishlab chiqiladi.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotiga ko`ra, mamlakatimizda mehnat resurslari soni 19 453,3 ming kishini tashkil etib, 2021 yilning shu davriga nisbatan 100,8 foizga yoki +153,7 ming kishiga oshgan.

Mehnat resurslari ikkita qismga bo`linadi: iqtisodiy faol aholi va iqtisodiy nofaol aholi. Hozirgi kunda iqtisodiy faol aholi soni 15,1 mln kishini yoki mehnat resuslarining 77,6 foizini tashkil etadi (o`tgan yilga nisbatan +114,9 ming kishiga ko`p), shundan:

Iqtisodiy faol aholi — mehnat bilan band bo`lgan fuqarolar va ishsizlar sonidan iborat ko`rsatkich.

a) mehnat bilan band bo`lganlar soni 13 773,6 ming kishi etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 1,9 foizga (+261,3 ming kishiga) oshgan.
Mehnat bilan band bo`lgan aholi rasmiy va norasmiy sektorga ishlayotagn va xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketganlarga ajraladi.

Rasmiy sektorda band aholi soni 6 074,4 ming kishini yoki band aholining 40,2 foizni tashkil etadi (o`tgan yilning shu davriga nisbatan 4,1 foizga yoki +240,6 mingga oshgan).

Rasmiy sektorda band bo`lganlar soni Davlat statistika va Soliq qo`mitalari  hamda Mehnat vazirligi ma`lumotlari bo`yicha aniqlanadi. Bunda:

- yuridik shaxslarda bandlar – 5085,0 ming.kishi (83,7%);
- yakka tartibdagi tadbirkorlar – 224,6 ming kishi (3,7%);
- dehqon xo`jaliklarida  – 109 ming (1,8%);
 - o`zini o`zi band qilganlar (ijtimoiy soliq to`laganlar), jamoat ishida qatnashuvchilar va boshqa toifalar – 655,8 ming (10,8%) kishini tashkil etadi.

Norasmiy sektorda band bo`lganlar soni 5 690,3 ming kishini yoki band aholining 37,7 foizini tashkil etadi (o`tgan yilga nisbatan
8,2 foizga yoki -507,5 ming kishiga kamaygan).

Norasmiy sektorda band bo`lganlarga mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan mehnat qilayotgan hamda ijtimoiy soliq to`lamasdan tadbirkorlik qilayotgan shaxslar kiradi. Xususan:

- bir martalik va vaqtinchalik ishlarda band – 1 662,3 ming nafar (29%);
- oilaviy korxonalarda va tadbirkorlarda yollanib ishlovchilar
- 853 ming nafar (15%);
- norasmiy faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlar – 1 512,7 ming nafar (27%);

    Boshqa yangiliklar