AQshning sobiq prezidenti 2024 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etish-etmasligini ochiqladi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
Tramp tez orada 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish-etmasligini hal qiladi. Sobiq prezident o`zini so`rovnomalarda etakchilik qilayotganini aytgan.
“Hamma mening ishtirok etishimni istaydi. Men respublikachilar va demokratlar so`rovnomalarida etakchilik qilyapman. Tez orada bu bo`yicha qaror qabul qilaman”, – degan u NDTV telekanali efirida.
Tramp ba`zi kishilardan tashqari hamma bundan xursand bo`lishini ta`kidlagan.
Siyosatchi saylovda ishtirok etishini rasman tasdiqlamadi. Ammo o`z tarafdorlari bilan butun mamlakat bo`ylab mitinglar tashkil etmoqda.