1

Sergey Bezrukov ham Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradi

Madaniyat 09.09.2022, 21:21
Sergey Bezrukov ham Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradi

13-18 sentyabr kunlari bo`lib o`tadigan “Ipak yo`li gavhari” XIV Toshkent xalqaro kinofestivaliga dunyoning eng yaxshi kinoijodkorlari tashrif buyurishadi. 

Ma`lum qilinishicha, taklif etilgan mehmonlar orasida taniqli rossiyalik aktyor Sergey Bezrukov ham bor. U kinofestivalning ochilish marosimida va barcha yirik tadbirlarda ishtirok etadi.

Eslatib o`tamiz, 13 sentyabr kuni “Yulduz” kinoteatrida Artem Mixalkovning “Janob nokaut” filmi namoyishi bo`lib o`tadi.

Filmni kinorejissyor Artyom Mixalkov va bosh rolni ijro etgan aktyor Sergey Bezrukov taqdim etadi.

Bundan tashqari, 13 sentyabr kuni Sergey Bezrukovning mahorat darsi ham  bo`lib o`tadi. Uning VGIK Toshkent filiali talabalariga aktyorlik sirlari haqida mahorat darsi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1