1

18 ta medalni qo`lga kiritgan kurashchilar O`zbekistonga qaytib kelishdi

Sport 11.09.2022, 11:01
18 ta medalni qo`lga kiritgan kurashchilar O`zbekistonga qaytib kelishdi

Kecha Toshkent xalqaro aeroportida joriy yil 4-8 sentyabr kunlari Tailandda kurash bo`yicha o`smirlar o`rtasida o`tkazilgan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib qaytgan sportchilar tantanali kutib olindi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vazirligi, O`zbekiston kurash federasiyasi, ota-onalar va OAV xodimlari kutib olishgan.

Chempionatda qit`aning 12 davlatidan 100 nafardan ziyod iqtidorli polvonlar g`oliblik uchun bellashgan.

Musobaqada ishtirok etgan hamyurtlarimizdan 13 nafari shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarilishning uddasidan chiqishgan. Shuningdek, Osiyo chempionatida yana bitta kumush hamda 4 ta bronza medalini qo`lga kiritgan yosh kurashchilar umumjamoa hisobida 1-o`rinni egallashgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1