1

Mutaxassis eng xavfli olti kasallikdan biri – jigar sirrozining yashirin alomatlarini ma`lum qildi

Salomatlik 11.09.2022, 14:10
Mutaxassis eng xavfli olti kasallikdan biri – jigar sirrozining yashirin alomatlarini ma`lum qildi

Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati  xorijlik  mutaxassis 35-60 yoshli insonlar o`limiga sabab bo`luvchi eng xavfli olti kasallikdan biri – jigar sirrozining yashirin alomatlarini ma`lum qildi.

Tahlillarga ko`ra, har yili dunyoda 1 milliondan ziyod kishi ushbu xastalik oqibatida hayotdan ko`z yumadi.  

Hozir jigar sirroziga xos asosiy alomatlar ko`pchilikka yaxshi ma`lum. Ammo yashirin yoki yaqqol namoyon bo`lmaydigan shunday simptomlar borki, ular orqali ham kasallik boshlanganini taxmin qilish mumkin.

Rus gepatologi Elena Butenko shu haqda to`xtalar ekan, tirnoqlarda oq dog`lar va chiziqlar paydo bo`lsa, shifokorga murojaat qilish lozimligini ta`kidlaydi.  

Qolaversa, kaft va oyoq ostidagi yorqin qizarishlar ham jigar sirrozi alomati bo`lishi ehtimoli mavjud. Bu jigar hujayralari etishmovchiligi asoratidir.

 Mutaxassis bu o`rinda “baraban cho`plari” degan o`xshatishni ham keltirib o`tadi. Uning qayd etishicha, og`ir jigar xastaligida barmoqlar shu shaklga kirib, pastdan yuqoriga qarab yo`g`onlashishi kuzatiladi.  

Shifokorning qo`shimcha qilishicha, bunday holatda bemorning yuz qismida kapillyar tomirlari mayda to`r singari ko`rinish hosil qilishi ham mumkin.  

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1