AsosiyJamiyat

Yomg`ir, qor, antisiklon va issiq... Bu hafta kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'Yomg`ir, qor, antisiklon va issiq... Bu hafta kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

Hafta davomida ob-havo iliq va quruq bo`ladi. Bu haqda "O`zgidromet" xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha Volga bo`yi hududlaridan kirib kelgan sovuq antisiklon natijasida 23-28° atrofida bo`lgan harorat bilan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to`zonlar kuzatilishi mumkin. Respublika bo`yicha quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida va respublikaning tog`li hududlarida biroz yomg`ir yog`adi, baland tog`larda ba`zi joylarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin.

Respublika bo`yicha 13 sentyabrda kechasi va ertalab sovuq antisiklon ta`siri saqlanib turadi, havo harorati 10-13° ni tashkil etadi. Kunduzi antisiklon respublikamiz hududidan chekinishi boshlaydi va havo 28-30° gacha isiydi.

14 sentyabrdan va ish haftasining oxirigacha respublika bo`yicha asosan quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Kechalari havo harorati 12-17°, kunduz kunlari 29-34° atrofida bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar