2016 yilning 4 fevral kuni Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan Sodiq Abdullaev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O`zbekiston hukumati portali xabar bermoqda.
“O`zbekiston Konstitusiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasi hamda O`zbekiston Prezidentining 12 avgustdagi farmoniga muvofiq Sodiq Abdullaev Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi hukumat axborotida.