AsosiySiyosat

"Bu nihoyatda muhim" – Sodiq Safoev Eronning ShHTga qo`shilishi haqida

'"Bu nihoyatda muhim" – Sodiq Safoev Eronning ShHTga qo`shilishi haqida'ning rasmi

Senat raisi o`rinbosari Sodiq Safoevning aytishicha, ShHT bu – mintaqaviy rivojlanish tashkiloti. Mintaqaning eng yirik davlatlarning bu tashkilotga kirishi ko`zda tutilgan dasturning amalga oshishida ijobiy rol o`ynashi mumkin.

«Eron – muhim va yirik davlat. Dunyoda bevosita chegaradosh davlatlar soni bo`yicha ham eng katta mamlakat bu – Eron. U Markaziy Osiyoni Yaqin sharq, Janubiy Osiyo, Kavkaz, Evropa bilan bog`lovchi chorrahada joylashgan. Bu esa uning jo`g`rofiy joylashuvi qanchalik muhimligini ko`rsatadi. 

Eng asosiysi – Eron orqali dengiz portlariga chiqish imkoniyati biz uchun juda muhim. Chabahar dengiz portlari Markaziy Osiyoni jahon bozori bilan bog`lashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Albatta, Eron bilan hamkorlik qilish ShHT uchun juda muhim», – ta`kidladi Sodiq Safoev.

 

    Boshqa yangiliklar