AsosiyJamiyat

Farg`onada viloyat tadbirlarida fonogrammada qo`shiq aytish taqiqlandi

'Farg`onada viloyat tadbirlarida fonogrammada qo`shiq aytish taqiqlandi'ning rasmi

Farg`onadagi bayram tadbirlarida fonogrammada qo`shiq aytish taqiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning madaniyat va san`at xodimlari bilan uchrashuvi bo`lib o`tgan. Unda hokim sohani yangi bosqichga olib chiqish bo`yicha qator tashabbus va vazifalarni e`lon qilgan.

Xususan, hokim o`rinbosari Fayzullo Qosimov rahbarligida viloyat bayram tadbirlarini o`tkazish bo`yicha ishchi guruh tuzish, guruh tarkibiga viloyat madaniyat boshqarmasi mas`ullari, teatrlar rahbarlari, oliy ta`lim muassasasi rektorlari, taniqli san`atkorlar va ijodkorlar kiritilishi ma`lum qilingan. 

Ishchi guruh a`zolari har bir viloyat bayram tadbiri uchun yangi g`oyalar, dasturlar, takliflarni o`rtaga tashlab, biri boshqasini takrorlamaydigan ssenariylar ishlab chiqish uchun mas`ul bo`ladi. 

Bundan buyon Farg`ona viloyatida o`tkaziladigan barcha tadbirlarda sahnaga chiqadigan qo`shiqchilar va qo`shiqlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadigan bo`ladi. Yangi qo`shiqlar, yangi ijrolar kerakligiga urg`u bergan viloyat hokimi “San`atda yoshlar raqobatga chiqsin” degan fikrni bildirgan.

Viloyat rahbarining Farg`onada viloyat bayram tadbirlarida fonogrammada qo`shiq aytish taqiqlanishi, ijrochilar sahnada cholg`uchilar bilan birga jonli ijroda kuylashi borasidagi ko`rsatmasi san`at ahli tomonidan ma`qullangan.

    Boshqa yangiliklar