Samarqand shahrida bo`lib o`tgan ShHTga a`zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining yig`ilishida “Iqlim o`zgarishiga qarshi choralar ko`rish to`g`risida”gi Bayonot loyihasi muhokama qilinib, kelishib olindi.
“ShHT doirasida bu boradagi bayonot birinchi marta qabul qilinmoqda. Bu Tashkilotning mintaqaviy va global iqlim muammolarini shakllantirish va amalga oshirishda faol ishtirokchi bo`lish istagi va tayyorligini ko`rsatadi. Xususan, hujjatda ShHTga a`zo davlatlarning ushbu sohadagi asosiy xalqaro-huquqiy mexanizmlari – BMTning iqlim o`zgarishi bo`yicha doiraviy konvensiyasi va Parij kelishuvi qoidalarini samarali amalga oshirish masalalariga umumiy yondashuvlari aks ettirilgan”, — dedi O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobuljonov.






