AsosiySiyosat

O`zbekiston TIV Ozarbayjon — Armaniston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi

'O`zbekiston TIV Ozarbayjon — Armaniston chegarasidagi vaziyatga munosabat bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon — Armaniston chegarasidagi vaziyat bo`yicha bayonot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qiluvchi mamlakat sifatida Ozarbayjon-Armaniston chegarasida tinchlikka erishilgani va keskinlik bartaraf etilganini olqishlaydi.  

"O`zbekistonning ishonchi komilki, barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilishning yagona to`g`ri yo`li bu xalqaro huquq asosida va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar yo`lidir.

Biz tinchlik shartlariga qat`iy rioya qilinishi, har qanday sharoitda ham vazminlikning namoyon bo`lishiga umid qilamiz hamda tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga da`vat etamiz", - deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, kecha 13 sentyabr kuni Ozarbayjon — Armaniston chegarasida qurolli to`qnashuv sodir bo`ldi. Ozarbayjon tomon mazkur to`qnashuv bo`yicha Armaniston bergan ma`lumotlarni haqqaoniy emas deya baholadi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar