1

Lyuk Besson: Jomiy va Navoiy haqida qiziqarli film olinishiga ishonaman!

Madaniyat 14.09.2022, 17:58
Lyuk Besson: Jomiy va Navoiy haqida qiziqarli film olinishiga ishonaman!

“Ipak yo`li durdonasi” XIV Toshkent Xalqaro kinofestivalida doirasida bir qator xalqaro kinoloyihalar taqdimoti, jaonga mashhur rejissyor, prodyuser va kino yulduzlari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari o`tkazilmoqda. 
Kinofestival doirasida S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya Davlat Kinematografiya institutigning toshkent shahridagi filialida taniqli fransuz kinorejissyori va prodyuseri Lyuk Besson bilan uchrashuv o`tkazildi. 
Tadbirda institutning  filial talabalari, “Jomiy va Navoiy” qo`shma kinoloyihasi ijodiy guruhi qatnashchilari ishtirok etishdi. 
Ma`lumki, O`zbekiston Respubldikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev  Tojikistonga tashrifi asnosida o`zbek va tojik xalqlarining buyuk mutafakkirlari Alisher navoiy va Abdurahmon Jomiy do`stligi haqida film suratga olishni taklif qilgan, bu taklif qo`shni davlat rahbari tomonidan ma`qullangan edi. 
Ayni paytga qadar ikki davlat vakillaridan tarkib topgan ijodiy guruh tomonidan “Jomiy va Navoiy” badiiy filmi ssenariysi tayyorlandi. Fransiyalik mashhur rejissyor Lyuk Besson ushbu filmga maslahatchi sifatida taklif etilgan. 
“Men tarixiy mavzuda ikki film suratga olganman, - dedi L.Besson uchrashuv chog`ida. – Ammo, tan olaman, o`zbek va tojik halqlarining bu ikki yirik namoyandasi haqida shu loyiha sabab xabar topdim. Abdurrahmon Jomiy va Alisher Navoiyni  nafaqat buyuk shoir, balki  tinchlik va  barqarorlik kurashchisi sifatida kashf etdim. Tarixiy badiiy film haqiqfat va badiiy to`qima oralig`ida yaratiladi. Muvozanatni qat`iy nazorat qilish lozim. Film  tarixiy aqiqfatdan uzoqlashmasligi, ayni paytda zerikarli  xronikaga aylanib qolmasligi kerak. Men Jomiy va navoiy haqida qiziqarli, sermazmun tarixiy film olinishiga ishonaman. Shu loyiha taklif etilganimidan xursandman. Ijodiy guruhga muvaffaqiyatlar tilayman. 
Uchrashuvda Hujjatli va xronikal filmlar studiyasi direktori Furqat Usmonov, Kinemtaografiya agentligi Badiiy kengashi a`zosi Rustam Jabborov, Tojikiston Kinoijodkorlar uyushmasi rahbari Safar Haqdodov, tojikistonlik olim, professor Shodimuhammad So`fizoda so`zga chiqib, Lyuk Bessonga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdilar. 
Lyuk Besson ssenariy yozishning nozik jihatlari haqida qiziqarli ma`lumotlar berdi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1