1

“Bir vaqtlar Samarqandda...” Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda sarguzasht film suratga oladi

Madaniyat 14.09.2022, 19:40
“Bir vaqtlar Samarqandda...” Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda sarguzasht film suratga oladi

 XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining biznes-dasturi doirasida bu borada memorandum imzolandi.  

Ma`lum bo`lishicha, Qirg`iziston Respublikasi madaniyat, turizm, sport va yoshlar siyosati Vazirligi huzuridagi Kinematografiya departamenti direktori Muktali Bektenaliev bunday keng ko`lamli kinofestivalda yana ishtirok etayotgani va O`zbekiston bilan hamkorlikni yo`lga qo`yayotganidan bexad baxtiyorligini ta`kidlagan.

Eslatib o`tamiz, 15 sentyabr kuni “O`zbek kuno kuni” doirasida dunyoning bir qator davlatlari bilan 30 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1