Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinni O`zbekiston Respublikasining oliy darajali Do`stlik ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda "darakchi.uz" xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan Farmonga ko`ra, O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi azaliy do`stlik va har tomonlama strategik sheriklikni mustahkamlashga qo`shgan ulkan hissasi, shuningdek, ShHT doirasida ko`p tomonlama muloqotni chuqurlashtirish hamda strategik mintaqaviy loyihalarni joriy etishda ishtiroki va amaliy ko`magi uchun Xitoy Xalq Respublikasi Raisi mukofotlangan.
Ushbu mukofotni O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirdi.






