AsosiySiyosat

Mirziyoev va Japarov Markaziy Osiyo rivojiga xizmat qiladigan temir yo`li va GES qurilishini tezlashtirishga e`tibor qaratishmoqda

'Mirziyoev va Japarov Markaziy Osiyo rivojiga xizmat qiladigan temir yo`li va GES qurilishini tezlashtirishga e`tibor qaratishmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 15 sentyabr kuni ShHT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo`lib turgan Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o`tkazdi.

Qirg`iziston rahbari mamlakatimiz etakchisiga har doimgidek samimiy mehmondo`stlik uchun minnatdorlik bildirib, Samarqandda amalga oshirilgan keng ko`lamli bunyodkorlik ishlarini qayd etdi.

Prezidentlar strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan sermahsul ikki tomonlama hamkorlik ijobiy sur`at bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta`kidladilar. O`zaro savdo jadal o`sib bormoqda, yil boshidan uning hajmi 30 foizga oshdi.

Sanoat, energetika, qishloq va suv xo`jaligi, transport sohalarida qo`shma kooperasiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Butun Markaziy Osiyo mintaqasining rivojiga xizmat qiladigan “Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston” temir yo`li va "Qambarota-1" GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e`tibor qaratildi.

Bo`lajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

    Boshqa yangiliklar