1

Samvel Babayan jarimaga tortildi

Sport 15.09.2022, 18:44
Samvel Babayan jarimaga tortildi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. 

Unda Superliganing 18-turi doirasidagi “So`g`diyona” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi yakunlangandan so`ng “Navbahor lochinlari” futbol klubining bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan mahalliy muxlis hamda OAV vakili ishtirokida vujudga kelgan vaziyat o`rganib chiqilgan.

2022 yilning 10 sentyabr kuni O`zbekiston Professional futbol ligasiga Superliganing 18-turi doirasidagi “So`g`diyona” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi komissaridan kelib tushgan bildirgiga asosan, “Navbahor lochinlari” futbol klubining bosh murabbiyi Samvel Babayan uchrashuv yakunlangandan so`ng matbuot anjumani zaliga kirish chog`ida mahalliy muxlis bilan tortishgani, mazkur holatni o`zining telefoni orqali video tasvirga tushirib turgan championatasia.uz sayti fotomuxbiri Jahongir Fayzullaevni ko`rib qolgani, Samvel Babayan o`z yordamchilariga ushbu telefonga yozilgan video materialni o`chirishini buyurgani, yordamchilari esa jurnalistga tazyiq o`tkazib telefondagi yozuvlarni o`chirtirishga majbur qilgani aniqlangan.

Mazkur vaziyat Tartib-intizom qo`mitasining yig`ilishida “Navbahor lochinlari” futbol klubi bosh murabbiyi Samvel Babayan, championatasia.uz sayti fotomuxbiri Jahongir Fayzullaev, ushbu sayt jurnalisti Faxriddin Ro`ziev ishtirokida ko`rib chiqildi. Yig`ilishda taraflarning ko`rsatmalari, taqdim etilgan ma`lumotlar asosida Samvel Babayan etika qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etgan deb topilgan.

Tartib-intizom qo`mitasining qaroriga ko`ra, Samvel Babayanga nisbatan jarima intizom chorasi qo`llanilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1