Bugun samarqandda ShHT sammitiga start berildi. Kechadan beri oliy martabali mehmonlar kutib olinib, davlatlar o`rtasida o`zaro muzokaralar o`tkazilmoqda. Ish qizg`in. Mehmonlar ko`p. Uchrashuv va tadbirlar soniyasigacha hisoblangan. Muhimi barchasini ko`ngildagidek o`tkazish.
Zamon.uz' sammit doirasida kameraga muhrlangan ShHTga a`zo davlatlar rahbarlari bilan bo`lgan qiziqarli voqealarni jamladi.
Rossiya etakchisi Qirg`iziston prezidentini muzokora avvalida bir necha daqiqa kutib qoldi. Ammo Putin kutayotganini sezdirmadi. Ular Sadir Japarov bilan o`zbekona ko`rishdi.
Belarus prezidenti o`z mamlakatidan Samarqandga sport kiyimida yo`l oldi. Uni “Umka” laqabli kuchugi kuzatib qo`ydi. Aleksandr Lukashenkoni Samarqandda O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Ular bir-birlarini bag`riga bosggancha uzoq salomlashishdi.
Samarqandda Putin Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o`tkazdi. Muloqot boshlanish vaqtida Shahboz Sharif muloqot quloqchinini taqolmadi. Putin unga quloqchinni qanday taqishni ko`rsatdi.
Pokiston va Tojikiston vakillari o`rtasida ham o`zaro uchrashuv bo`lib o`tdi. E`tiborli jihati, ular suhbat avvalida tojikcha gaplashdi.
Putin Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvdan avval Rossiya bosh vaziri o`rinbosari Aleksandr Novakdan muzokaralar borasida qo`shimcha tafsilotlarni so`rab oldi. Putin Novakka Sasha deb murojaat qildi.






