AsosiySiyosat

Xalqaro tashkilotlar vakillarini shaxsan qabul qilish sharafiga muyassar bo‘lganimdan mamnunman —  Prezident

'Xalqaro tashkilotlar vakillarini shaxsan qabul qilish sharafiga muyassar bo‘lganimdan mamnunman —  Prezident'ning rasmi

Unda Prezident Shavkat Mirziyoev nutq so`zlamoqda.

Qadimiy va mehmondo`st Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a`zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar rahbarlarini, faxriy mehmonlarimiz va xalqaro tashkilotlar vakillarini shaxsan qabul qilish sharafiga muyassar bo`lganimdan mamnunman”,- dedi Prezidentimiz so`zining avvalida.

Shavkat Mirziyoev anjumanda birinchi marotaba ishtirok etayotgan davlat rahbarlari – Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev, Turkmaniston Prezidenti Sardor Berdimuhamedovni samimiy qutladi.

O`zbekiston ShHTga raislik davrida tashkilot doirasidagi amaliy hamkorlikni faollashtirish, uning salohiyati va xalqaro nufuzini oshirishga intilgani ta`kidlandi.

Xavfsizlik masalalari bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ustuvor e`tibor qaratildi. Tashkilot faoliyatining barcha sohalarida ko`plab tashabbuslar amalga oshirildi. 

“Pandemiya va global inqiroz oqibatlariga qaramasdan, Raislik rejasini birgalikda to`liq amalga oshirishga muvaffaq bo`ldik. 80 dan ortiq yirik tadbirlar o`tkazildi. Hamkorlikdagi sa`y-harakatlarimiz bugun qabul qilingan 40 dan ortiq hujjatda o`z ifodasini topgan”,- dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar