Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tartibdagi majlisida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi nutq so`zladi. O`z o`z nutqida Ukrainadagi inqiroz oqibatlari haqida so`z yuritdi.
“Ukrainadagi inqiroz ta`minot zanjirlarida jiddiy uzilishlarga olib keldi va butun dunyo misli ko`rilmagan darajada energiya va oziq-ovqat inqiroziga duchor bo`ldi. ShHT mintaqamizda ishonchli va xilma-xil ta`minot zanjirlarini rivojlantirishga harakat qilishi kerak, buning uchun mamlakatlarimiz o`rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash zarur”, — dedi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi.
Shuningdek, Modi ShHTning startaplari bo`yicha ishchi guruh tuzishni taklif qildi. Hindistonda 70 ming startap mavjud va bizning tajribamiz ShHT mamlakatlari uchun foydali bo`ladi”, — dedi u.
Shuningdek, u O`zbekistonda ShHT davlatlarining biznes hamkorligi haftaligini o`tkazishni taklif qildi.






