AsosiySiyosat

Ba`zi mamlakatlar o`z atrofida devor qurib, boshqalardan ixotalanishga harakat qilmoqda — Erdo’g`on

'Ba`zi mamlakatlar o`z atrofida devor qurib, boshqalardan ixotalanishga harakat qilmoqda — Erdo’g`on'ning rasmi

Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdog`on mintaqaviy hamkorlikni, jumladan ShHTga a`zo davlatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish taklifi bilan chiqdi.

"Global hamkorlik va birgalikda yaqindan ishlash zamonamizning muammo va masalalarini bartaraf etishning kalitidir. Bizning muloqot bo`yicha hamkor maqomimiz tufayli so`nggi 10 yil ichida ShHT Osiyoga ochilgan derazalarimizdan biriga aylandi. ShHT Osiyo mintaqasidagi ishonchli platformadir. Uning faoliyati bois biz bag`rikenglik, o`zaro yordam va hamkorlik g`oyalarini targ`ib etyapmiz. Turkiyaning maqsadi insonparvarlik qadriyatlariga asoslangan diplomatik harakatlar orqali mintaqada ham, undan tashqarida ham tinchlik kamarini shakllantirishdir. 

Biz ko`plab imkoniyatlar, shu bilan birga ko`plab muammolar mavjud bo`lgan zamonda yashayapmiz. Ba`zi mamlakatlar o`z atrofida devor qurib, boshqalardan ixotalanishga harakat qilmoqda. Koronavirus pandemiyasi hammamiz bir kemada ekanimizni eslatdi. Bizga yanada adolatli dunyo tartibi kerak. Ukraina bug`doyi bizning birodarlarimizga, ayniqsa, unga muhtoj bo`lganlarga etib borishi kerak", - dedi Turkiya Prezidenti. 

Erdog`onning so`zlariga ko`ra, Turkiya ShHT bilan hamkorlikni kengaytirishga umid qilmoqda, ayniqsa xavfsizlik sohasida.

"Sharq va G`arb o`rtasida ko`prik bo`lgan Turkiya katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Biz barcha sohalarda, jumladan, iqtisodiyot, energetika, transport va turizm sohalarida hamkorlik qilishga tayyormiz", - deya taklif bildirdi u. 

 

 

    Boshqa yangiliklar