O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an bilan mamlakatlarimiz o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikning yangi loyihalari va istiqbolli dasturlarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Asosiy vazifa - O`zbekiston hududlarida yuqori texnologik ishlab chiqarishlar, zamonaviy va samarali infratuzilma ob`ektlarini barpo etishga Turkiya etakchi kompaniyalarining to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarini ko`paytirish.






