Belarus, Tojikiston, Turkmaniston va Xitoy rahbarlarining O`zbekistonga qilgan tashrifi nihoyasiga etdi.
16 sentyabr kuni barcha davlat rahbarlarini Samarqand xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo`ydi.
Eslatib o`tamiz, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi yakunlangach, uning Samarqand deklarasiyasi imzolandi.






