Xitoy janubidagi osmono`par bino juma kuni yonib ketdi, ijtimoiy tarmoqlarda ko`p qavatli minora blokining o`nlab qavatlari alangaga olayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
Xabarlarga ko`ra, rasmiylar hali qurbonlar topilmaganini aytishgan.
Xususan, Hunan provinsiyasining markazi va 10 milliondan ortiq aholisi bo`lgan Changsha shahri markazida katta qora tutun butun osmonni bo`g`ib qo`ygan va 42 qavatli binodan yongan buyumlar pastga qulagan.
Ma`lumotlarga ko`ra, jarayonga 280 nafar o`t o`chiruvchi jalb etilgan va ular yong`inni tezda o`chirishga muvaffaq bo`lishgan. Dastlabki tekshiruvlar binoning tashqi qismi yonib ketganini ko`rsatadi.
China Telecom' xabariga ko`ra, mazkur bino 2000 yilda qurib bitkazilgan va asosiy halqa yo`liga yaqin joylashgan.
Ma`lumotlarda aytilishicha, qurbonlar yoki jabrlanganlar haqida xabar berilmagan. Uyali aloqa xizmatida hech qanday uzilish yo`qligi aytilgan, biroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o`z telefonlaridan foydalana olmasligidan shikoyat qilishgan.
Videolarda binoning bir tomoni butunlay qora rangga kirgani, vayronalar erga tushib ketganini ko`rish mumkin. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining boshqa videolarida ichkaridagi ishchilar binoni evakuasiya qilishga muvaffaq bo`lganlari aks etgan.
Yong`inning aniq sabablari haqida hozircha noma`lum.






