Bugun, 17 sentyabr kuni Qirg`izistonning Botken viloyatida favqulodda holat rejimi e`lon qilindi. Bu haqda viloyat fuqaro muhofazasi bo`limi boshlig`i, Prezident vakili Abdikarim Alimboev topshiriq bergan.
Tojikiston harbiylarining Do`stuk qishlog`iga minomyotdan o`qqa tutilishi qirg`iz chegarachilari tomonidan soat 11:30da bostirildi, deb xabar berdi Qirg`iziston Respublikasi chegara xizmati. Otishma to`xtatildi va hodisa yuzasidan tergov boshlandi. Ammo oradan bir soat o`tib, besh daqiqa davomida Qirg`iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ichki qo`shinlarining Tort-Kocho hududidagi pozisiyalari o`qqa tutilgan.
Tojikiston tomoni O`sh viloyatining Cho`n-Olay tumanida qirg`iz chegarachilari pozisiyalarini o`qqa tutdi, deb xabar qildi Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi chegara xizmati. Ilgari to`qnashuvlar faqat Botken viloyatida sodir bo`lgan.
Teshik-Tosh, Karamiq va Karool-Dobo qishloqlarida qirg`iz chegarachilariga minomyot va artilleriya moslamalaridan o`t ochildi.
O`sh viloyatiga joylashtirilgan qirg`iz chegarachilari javob o`q uzgan.
Ammo hodisani yumshatish maqsadida qirg`iz harbiylari birinchi bo`lib o`t ochishni bir tomonlama to`xtatdilar, deyiladi Sputnik Qirg`iziston xabarida.
Ma`lum qilinishicha, Botken va Leylek tumanlari chegaradosh qishloqlari aholisi xavfsiz joylarga o`tkazilgan.
Qirg`iziston va Tojikiston chegara vakillari o`rtasida muzokaralar o`tkazilishi kutilmoqda.