AsosiyDunyo

Qirg`iziston va Tojikiston rasmiylari chegaradosh hududlaridagi qurolli mojarolarni tartibga solish bo`yicha protokolni imzoladi

'Qirg`iziston va Tojikiston rasmiylari chegaradosh hududlaridagi qurolli mojarolarni tartibga solish bo`yicha protokolni imzoladi'ning rasmi

Qirg`iziston va Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi rahbarlari Qirg`iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi chegaradosh hududlaridagi qurolli mojarolarni tartibga solish bo`yicha protokolni imzoladilar, deb xabar bermoqda Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi.

Hujjat quyidagilarni ta`minlaydi:

▪️harbiy harakatlarni to`liq to`xtatish;

▪️qo`shinlar va harbiy texnikani doimiy joylashtirish joylariga olib chiqish;

▪️ chegara postlari va komendaturalarini birgalikda tekshirish;

▪️14 va 16 sentyabr kunlari sodir bo`lgan qurolli to`qnashuvlarni tergov qilish.

Ta`kidlanishicha, tomonlarning chegara hududida tinchlik va barqarorlikni tiklash bo`yicha birgalikdagi faoliyati davom etmoqda.

Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi Chegara xizmati tomonidan bugun, 20 sentyabrdan boshlab davlat chegarasining qirg`iz-tojik uchastkasida portlamagan snaryadlar, minalar, o`q-dorilar qidirib topiladi va zararsizlantiriladi.

Minalar tozalash ishlari olib boriladigan joylar o`rab olinadi va qo`riqlanadi.

Qirg`iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi PX chegara hududi aholisini xotirjam bo`lishga va provokasiyalarga berilmaslikka chaqiradi.

    Boshqa yangiliklar