AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon Tojikiston-Qirg`iziston chegarasida ro`y bergan fojiali voqealarni telefonda muhokama qildi

'Shavkat Mirziyoev va Emomali Rahmon Tojikiston-Qirg`iziston chegarasida ro`y bergan fojiali voqealarni telefonda muhokama qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 20 sentyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki mamlakat etakchilari yaqinda Tojikiston-Qirg`iziston chegarasida ro`y bergan fojiali voqealar bilan bog`liq masalalarni muhokama qildilar. Davlatimiz rahbari insonlar qurbon bo`lgani munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Vaziyatni normallashtirish yuzasidan kelishuvga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti Samarqand sammitining asosiy yakunlari va uning doirasida o`tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv yuzasidan fikr almashildi.

Oliy darajadagi tadbirlar davomida qabul qilingan, eng avvalo, energetika, sanoat, qishloq xo`jaligi va boshqa tarmoqlarda kooperasiya loyihalarini tayyorlashni tezlashtirish va ilgari surish bo`yicha qarorlarni tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar