Davlat rahbarlari Qirg`iziston-Tojikiston chegarasida yaqinda yuz bergan fojiali voqealar yuzasidan fikr almashdilar. Prezidentimiz qurbon bo`lganlarning oilalari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi hamda vaziyatning avj olishini to`xtatish bo`yicha ikki tomonlama kelishuvlarga erishilganini chin dildan olqishladi.
Ustuvor yo`nalishlardagi kooperasiya loyihalari bo`yicha kelishuvlarni ro`yobga chiqarish, shu jumladan «Xitoy – Qirg`iziston – O`zbekistonљ temir yo`lini qurish loyihasini ilgari surish muhimligi alohida ta`kidlandi.
20.09.2022 17:52
Shavkat Mirziyoev va Qirg`iz Respublikasi Prezidenti telefon orqali muloqot qildi
