AsosiyJamiyat

Konstitusiyaviy loyihaga 3 ta yangi norma kiritilishi kutilmoqda

'Konstitusiyaviy loyihaga 3 ta yangi norma kiritilishi kutilmoqda'ning rasmi

Konstitusiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojievning ma`lum qilishicha, kelib tushgan takliflar asosida Konstitusiyaviy qonun loyihasining 26-, 41-moddalariga yangi normalar hamda yangi 37-1-moddani kiritish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Konstitusiyaning 26-moddasiga ushbu qism qo`shilishi ko`rib chiqilmoqda:

"Shaxsning o`z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo`lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas".

Shuningdek, Konstitusiyaviy qonun loyihasiga yangi 37-1-moddasi kiritilmoqda, unda:

"Davlat fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish va kambag`allikni qisqartirish choralarini ko`radi. Davlat fuqarolarning bandligini ta`minlash uchun ularning kasbiy tayyorgarligi hamda qayta tayyorlanishini tashkil etadi va rag`batlantiradi".

Amaldagi 41-moddaga esa quyidagicha qo`shimcha kiritilishi mumkin:

"Davlat uzluksiz ta`lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta`lim tashkilotlarining rivojlantirilishini ta`minlaydi".

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Konstitusiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasini yakunlangan. Loyiha referendumga chiqarilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar