AsosiyJamiyat

Bolalar ombudsmani Toshkentda tilanchilik qilayotgan voyoga etmagan bolalar haqidagi xabarga munosabat bildirdi

'Bolalar ombudsmani Toshkentda tilanchilik qilayotgan voyoga etmagan bolalar haqidagi xabarga munosabat bildirdi'ning rasmi

Toshkent shahri Chilonzor va Shayxontohur tumanlari kesishmasi, Baynalminal ko`chasi chorrahasi yo`lning qatnov qismida 16 sentyabr kuni taxminan 3-4 nafar voyaga etmagan bolalarning tilanchilik qilib yurgani tasvirlangan video tarqaldi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bola huquqlari bo`yicha vakil mazkur videoni ko`rishi bilanoq tegishli chora ko`rilishi uchun uni Ichki ishlar vazirligining mas`ul xodimiga murojaat qilgan. Holat yuzasidan zudlik bilan Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markazining mas`ul xodimlari ishtirokida tezkor guruh tuzilib, voqea joyiga yuborilgan.

Shuningdek, olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida 5 nafar voyaga etmagan va 4 nafar voyaga etgan bola tuman Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib kelinib, shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Aniqlanishicha, ularning barchasi Qashqadaryo viloyatida ro`yxatda turishi ma`lum bo`lgan. Holat yuzasidan to`plangan hujjatlar asosida Bola huquqlari milliy komissiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va hududiy ichki ishlar bo`limiga taqdimnoma kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar