AsosiyDunyo

Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan Markaziy Osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilmoqchi

'Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan Markaziy Osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilmoqchi'ning rasmi

Rossiyada ushbu mamlakatda oxirgi o`n yilda fuqarolikni olgan shaxslarni, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari — O`zbekiston, Qirg`iziston, Qozog`iston va Tojikiston vakillarini “qisman harbiy safarbarlik” doirasida harbiy xizmatga jalb qilish bo`yicha taklif tayyorlanmoqda.  

Bu haqda Milliy korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi, Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo`yicha kengash a`zosi Kiril Kabanov ma`lum qilgan. Uning fikricha, harbiy xizmatdan bo`yin tovlash nafaqat harbiy xizmatga majbur shaxsning, balki uning oila a`zolarining ham fuqarolikdan mahrum qilinishiga asos bo`lib xizmat qiladi.

Kiril Kabanovning fikricha, bu Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston hukumatlarining Rossiyadagi fuqarolarini urushda ishtirok etmaslik bo`yicha ogohlantirishlari uchun munosib javob bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar