Avvalroq bosh ro`molini talab darajasida o`ramaganligi uchun do`pposlangan Mahsaning o`limi keskin noroziliklarga sabab bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Namoyishlar dushanba kuni boshlangan va hamon davom etmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, jarayon mamlakat bo`ylab kamida 50 ta shahar va aholi punktlarida o`tkazilgan.
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko`ra, 10 nafar namoyishchi halok bo`lgani.
Rasmiylar namoyishchilarni xavfsizlik kuchlari o`ldirganini rad etib, ular qurolli dissidentlar tomonidan otib tashlangan bo`lishi mumkinligini aytishgan.
Hengaw va NetBlocks aholi internet observatoriyasining hisoblariga ko`ra, norozilik namoyishlari to`xtamaganligi sababli rasmiylar internetga kirishni cheklashgan.