Eldor Shomurodov dunyo bo`yicha terma jamoalar miqyosida eng ko`p gol urgan futbolchi bo`ldi

Sport 23.09.2022, 10:25
Eldor Shomurodov dunyo bo`yicha terma jamoalar miqyosida eng ko`p gol urgan futbolchi bo`ldi

Futbol bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov 2022 yilning 9 oyi davomida terma jamoalar miqyosida eng ko`p gol urgan futbolchi bo`lib turibdi. Hujumchimiz ushbu davrda O`zbekiston terma jamoasi safida 9 ta gol urgan.

Transfermarkt portali taqdim etgan ro`yxatda Shomurodovdan keyin Erling Xoland (Norvegiya) va Vensan Abubakar (Kamerun) 8 tadan gol, Sadio Mane (Senegal) 7 ta gol, Leo Messi (Argentina), Kris Vud (Yangi Zelandiya), Joel Sarrukko (Fransiya Gvineyasi), Karl Toko Ekambi (Kamerun) 6 tadan gol, Viktor Osimxen (Nigeriya) va Edinson Kavagi (Urugvay) 5 tadan gol bilan TOP-10likda bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1