AsosiyJinoyat

Xasta bolasini kaltaklagan samarqandlik ayolning qaynonasi kelinini onalik huquqidan mahrum qilishni talab qildi(video)

'Xasta bolasini kaltaklagan samarqandlik ayolning qaynonasi kelinini onalik huquqidan mahrum qilishni talab qildi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol yosh go`dagiga shafqatsiz munosabatda bo`layotgani aks etgan video tarqalgan edi. Ushbu voqeaning "qahramoni" – samarqandlik ayolning bu hatti-harakatlari keng jamoatchilik tomonidan katta muhokamalarga sabab bo`lgan edi. 

Mazkur voqea sudda o`rganildi.  

Sud zalida ayolning qaynonasi kelinini onalik huquqidan mahrum qilishni talab qildi. Jabrlanuvchi sifatida kelgan qaynona kelinini mehrsizlikda aybladi.

Voqeani tasvirga olgan ayol ham sudga chaqirtirildi. Guvoh tasvirni tarqatganligi uchun o`zini aybdor ham hisoblayotganligini ma`lum qildi.  Ayolning turmush o`rtog`i o`z ko`rsatmasida xotinini aslida farzandlariga mehribon ekanligi aytgan.  

Jinoyat ishlari bo`yicha Payariq tuman sudi sudyasi o`z bolasini vahshiylarcha urgan onaga nisbatan ikki yilga ozodlikdan cheklash bo`yicha hukm o`qidi.

    Boshqa yangiliklar