Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar ortidan quvishda ma`no yo`q. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralari yakunida ma`lum qildi. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.
“Bizning pozisiyamiz aniq. Yangi sanksiyalar paketini joriy etishda hech qanday ma`no ko`rmayapmiz, bu ayniqsa, energetika sohasiga taalluqli. Bu biz uchun “qizil” chiziq”, – degan diplomat.
Uning so`zlariga ko`ra, Vengriya o`z fuqarolarining Ukrainadagi nizo uchun tovon to`lashini istamaydi. Shu bilan birga vazir EIning sanksiyalar bo`yicha munozaralarida ishtirok etishini, ammo uni qo`llab-quvvatlamasligini ta`kidlagan.
Vengriya so`nggi vaqtlarda Rossiyaga qarshi yangi cheklovlar joriy etilishiga qarshi chiqib kelmoqda. Bu uning rus neft va gaziga qaramligi bilan izohlanadi.






