"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolida 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zi joylarda shamolning kuchayishi 21-23 m/s ga etishi mumkin, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 30-35° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 32-34° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27° bo`ladi.