1

26 sentyabrdan poytaxtdagi 143-sonli avtobus o`z ish harakatini "Toshkent INDEX" savdo majmuasidan boshlaydi

Jamiyat 25.09.2022, 09:59
26 sentyabrdan poytaxtdagi 143-sonli avtobus o`z ish harakatini "Toshkent INDEX" savdo majmuasidan boshlaydi

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 26 sentyabrdan boshlab Toshkent  shahrida 143-sonli avtobus yo`nalishi o`zgartiriladi. 

143-sonli “Toshkent imtihon markazi—Chilonzor MUM” avtobus yo`nalishining harakati to`g`ri yo`nalishda “Toshkent INDEXsavdo majmuasi”dan Sofdil, Qipchoq, M.Tursunzoda, Shokirariq, Yangi Sergeli yo`li, Obihayot, Fayzli, Cho`ponota, Bunyodkor shoh, Muqimiy, Chilonzor ko`chalari orqali “Chilonzor MUM” bekatigacha, qaytishda “Chilonzor MUM” bekatidan Chilonzor, Cho`ponota, Fayzli, Obihayot, Yangi Sergeli yo`li, Shokirariq, M.Tursunzoda, Qipchoq, Sofdil ko`chalari orqali “Toshkent INDEX savdo majmuasi”ga qadar harakatlanishi va yo`nalishning ish tartibi soat 6:00 dan 21:30 gacha etib belgilangan.

Endilikda 143-sonli avtobus yo`nalishi “Toshkent INDEX savdo majmuasi—Chilonzor MUM” deb nomlanadi. Ushbu yo`nalishda ish kunlari 7 ta, shanba kuni 6 ta va yakshanba kuni 3 ta avtobus harakatlanadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1