AsosiyDunyo

"Harbiy byudjetni 100 milliard funt-sterlingga etkazish haqida gap ketmoqda"

'"Harbiy byudjetni 100 milliard funt-sterlingga etkazish haqida gap ketmoqda"'ning rasmi

2030 yilga kelib Buyuk Britaniya harbiy xarajatlarni 100 milliard funt-sterlingga etkazmoqchi.

Bu haqda qirollik mudofaa vaziri Ben Uolles ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.

“Agar hech narsani o`zgartirmasak, biz YaIMning 2% ni mudofaaga sarflayapmiz. Ammo hozirda 2029-2030 yillarda harbiy byudjetni 100 milliard funt-sterlingga etkazish haqida gap ketmoqda. Hozirda bu ko`rsatkich 48 milliard funtni tashkil etadi. Sakkiz yilda bu katta summa”, – degan vazir .

 

Uolles Liz Trass saylovoldi va`dasini bajarishini hamda YaIMning 3 foizini mudofaaga sarflashini aytgan. Bu eng ustuvor yo`nalishlardan biri ekanligi ta`kidlangan.

 

Shu bilan birga mudofaa vaziri oshirilayotgan harbiy xarajatlar aynan qaysi sohalarga sarflanishini ochiqlamagan. Ammo u axborot to`plash, kuzatuv va razvedka, shuningdek, uchuvchisiz qurilmalarga qarshi kurashga katta e`tibor qaratilishini qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar