1

Yaponiyadagi JATA xalqaro ko`rgazmasida O`zbekiston o`z milliy stendi bilan ishtirok etmoqda

Jamiyat 26.09.2022, 14:05
Teglar: Yaponiya, Turizm, JATA
Yaponiyadagi JATA xalqaro ko`rgazmasida O`zbekiston o`z milliy stendi bilan ishtirok etmoqda

Yaponiyaning Tokio shahridagi xalqaro ko`rgazma markazida “JATA Tourism Expo Japan 2022”  xalqaro ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda. 

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Bir tur - butun mintaqa” tamoyili ostidagi qo`shma turizm dasturlarini yaratishga doir tashabbusini amalga oshirish maqsadida O`zbekiston delegasiyasi Turizm va madaniy meros vazirligi, O`zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi, Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligi hamda Markaziy Osiyo davlatlari turistik administrasiyalari bilan hamkorlikda yaratilgan yagona stendda ishtirok etmoqda. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 

“Turizm sohasi O`zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan mamlakat milliy iqtisodiyotining strategik yo`nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. Sohadagi islohotlar natijasida viza rejimi soddlashtirildi, elektron viza joriy etildi, turizm biznesi vakillariga qator imtiyozlar berildi, shu bilan birga, mavjud turistik maskanlaridan tashqari barcha hududlarda yangidan-yangi turistik ob`ektlar barpo etilmoqda. 

Qayd etish lozimki, O`zbekiston va Yaponiya turizm sohasida ulkan salohiyatga ega. Yaponiyaliklarning O`zbekistonga sayohati tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi, zerobu mamlakatning savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalari Buyuk Ipak yo`li orqali rivojlangan”, - dedi “JATA Tourism Expo Japan 2022”  xalqaro ko`rgazmasida O`zbekiston  stendini ochib bergan Bosh vazir o`rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov va ko`rgazmaga ishtirokchilari hamda Yaponiya turistik biznes vakillarini  O`zbekistonda o`tkazilayotgan xalqaro tadbirlarda faol ishtirok etishga chorladi. 

O`zbekiston stendi ochilishida, shuningdek, Yaponiya turizm agentligi raisi Koichi Vada ham ishtirok etib, so`zga chiqdi va barchaga muvaffaqiyat tiladi.

Shundan so`ng O`zbekiston Respublikasining madaniyat sohasi vakillari tomonidan o`zbek milliy san`ati namunalari ijro etildi va bu ko`rgazmaga tashrif buyurganlar olqishiga sazovor bo`ldi.

Ta`kidlash joizki, “JATA Tourism Expo Japan 2022” xalqaro ko`rgazmasida o`zbekistonlik turoperatorlar ham ishtirok etib, yaponiyalik turoperatorlar va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan hamkasblari bilan B2B uchrashuvlarda qatnashishmoqda.

Sharhlar

Yaponiyada ikkita vertolyot halokatga uchradi

21.04.2024, 18:30

Yaponiyada ikkita vertolyot halokatga uchradi. Bir kishi halok bo`ldi, yana etti kishi bedarak yo`qoldi. Bu haqda zamon.uz ma`lum qildi.Vertolyotlar Tokiodan 600 km janubda joylashgan Izu orollari hududida patrul o`quv mashg`ulotlarida qatnashgan.Har...
Yaponiya Afg`onistonga 106 mln dollarlik yordam yubordi

12.12.2022, 21:45

Tolibon tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaki Yaponiya hukumatiga o`z mamlakatiga ko`rsatgan 100 million dollardan ortiq yordam uchun minnatdorchilik bildirdi, deya yozmoqda "zamon.uz".Ma`lum qilinishicha, Tashqi...
Yaponiya imperatori Aziz Abduhakimovni oliy darajadagi orden bilan mukofotladi

22.11.2022, 13:21

Yaponiya imperatori O`zbekiston hukumati a`zosini oliy darajadagi ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. Ma`lum qilinishicha, Tokiodagi Imperator saroyida...
Quruvchi, o`qituvchi, tabirkor, jurnalist, hokim... O`zbekiston turizmini rivojlantirishga hissa qo`shgan fidoyilar taqdirlandi

28.09.2022, 19:40

Samarqand shahrida “Silk Road” Turizm markazidagi Kongress-xollda 27 sentyabr — Butunjahon turizm kuniga bag`ishlangan Kongress bo`lib o`tdi. Tadbirda davlat tashkilotlari, diplomatik korpus, sayyohlik tashkilotlari vakillari,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1