AsosiyJamiyat

Buxoroda ayol o`zini poezd tagiga tashlab, halok bo`ldi

'Buxoroda ayol o`zini poezd tagiga tashlab, halok bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda ayolni poezd bosib ketganligi haqida xabar e`lon qilingan. Bosh prokuratura hodisa bo`yicha m`lumot berdi. 

Aniqlanishicha, 2022 yil 26 sentyabr kuni soat 06:00 da "Xo`jadavlat-Buxoro-1" yo`nalishidagi poezd 43-RZD va Murgak temir yo`l bekatlari oralig`ida harakatlanib kelayotgan vaqtda Kogon shahrida yashagan 38 yoshli ayol o`z joniga qasd qilish maqsadida poezd tagiga o`zini tashlagan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.  

Hozirgi vaqtda yuqorida qayd qilingan holat yuzasidan Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar