1

AQSh Ukrainaga 457,5 million dollar ajratadix

Dunyo 27.09.2022, 09:28
AQSh Ukrainaga 457,5 million dollar ajratadix

AQSh hukumati Ukrainaga tinch aholi xavfsizligini ta`minlash uchun qo`shimcha 457,5 million dollar ajratadi. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Tvitterda ma`lum qildi, deb yozmoqda "Zamon.uz".

“Qo`shma Shtatlar fuqarolarning hayotini saqlab qolish hamda huquqni muhofaza qilish va jinoiy sud ishlari bo`yicha ukrainalik hamkorlar salohiyatini oshirish uchun qo`shimcha 457,5 million dollar ajratdi. Bu mablag` fuqarolar xavfsizligini ta`minlaydi”,— deb yozdi u.

Eslatib o`tamiz, o`tgan hafta EI Kengashi Ukrainaga 5 milliard evro ajratishni ma`qulladi. Ukraina Evropa Ittifoqining makromoliyaviy yordamining ikkinchi transhini bir oy ichida, yana bir qismini esa yil oxirigacha olishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1