Ijevskdagi maktabda uyushtirilgan otishma qurbonlari soni ortdi

Dunyo 27.09.2022, 10:34
Ijevskdagi maktabda uyushtirilgan otishma qurbonlari soni ortdi

Rossiyaning Ijevsk (Udmurtiya respublikasida) shahridagi 88-maktabda uyushtirilgan otishma qurbonlari 17 nafarga etdi. Bungacha 15 nafar qurbon ma`lum bo`lgandi. Bu haqda Udmurtiya respublikasi hukumati Rossiya Tergov qo`mitasiga tayanib xabar berdi.

Idora ma`lumotlariga ko`ra, 24 kishi jarohatlangan. Ularning 22 nafari bolalar. Barcha jabrlanganlar tibbiy muassasalarga etkazilgan. Udmurtiya rahbari Aleksandr Brechalovning so`zlariga ko`ra, ularning ahvoli og`ir va o`rtacha og`irlikda. To`qqiz bola va ikki voyaga etgan kishi reanimasiyada qolmoqda. 
Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, erkak qora niqobda maktabga bostirib kirgan. Dastlab qo`riqchiga o`q uzgan, keyin sinfxonaga borib, o`quvchilarga hujum qilgan.

Surishtiruv davomida hujum qilgan shaxs 1988 yilda tug`ilgan Artem Kazansev ekani, u ham 88-maktab bitiruvchisi ekani aniqlangan. U hujumdan keyin o`z joniga qasd qilgan. U muqaddam shizofreniya tashxisi bilan psixo-nevrologik dispanserda ro`yxatga olingan. 

Hodisa yuzasidan Tergov qo`mitasi Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi – ikki yoki undan ortiq shaxslarni, shu jumladan voyaga etmaganlarni o`ldirish, 222-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo`zg`adi. Tergovni Tergov qo`mitasi markaziy apparati olib boradi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1