AsosiyJamiyat

Namanganda yigirmadan ortiq noyob kitoblar topildi

'Namanganda yigirmadan ortiq noyob kitoblar topildi'ning rasmi

Kosonsoyda yigirmadan ortiq noyob kitoblar topildi. Ular orasida XIV - XX asrlarga oid qo`lyozma va toshbosma kitoblar mavjud.

Kosonsoy tarix muzeyiga uzunqishloqlik Abdujabbor ota tomonidan taqdim etilgan ushbu jamlanmadan islom tarixi, fiqh, mantiq, adabiyot, hadis, hadis sharhiga oid «Tuhfatul obidin va insol oshiqin», «Al Abrori jon», «Marotil muaqqadin» (turkiy hadislar to`plami), «G`azal kitobi» (Fazliy Namangoniy), «Risolai marg`ub» (masala kitobi), «Miftohi Yunon», «Qissai Ibrohim Adham», «Qissasul Anbiyo» kabi kitoblar o`rin olgan.

Ushbu kitoblarning aksari Namangandagi Matbai Ishoqiya va Toshkentdagi G`ulom Hasan Orifjonovlar bosmaxonalarida inqilobgacha bo`lgan davrda chop etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar