AsosiyDunyo

To`qaev Qozog`istonga qochib kirayotgan rossiyaliklar bo`yicha Moskva bilan muzokara o`tkazmoqchi

'To`qaev Qozog`istonga qochib kirayotgan rossiyaliklar bo`yicha Moskva bilan muzokara o`tkazmoqchi'ning rasmi

Ostona Qozog`istonga rossiyaliklar kirib kelishi ko`payishi masalasida Moskva bilan muzokara o`tkazadi. Bu haqda "Zamon.uz"  Ria novostiga tayanib ma`lum qilmoqda. 

So`nggi kunlarda bizga Rossiyadan ko`plab odamlar kirib kelmoqda. Ularning katta qismi murakkab vaziyat tufayli ketishga majbur bo`lgan. Biz ular haqida qayg`urishimiz va xavfsizlikni ta`minlashimiz kerak. Bu siyosiy va gumanitar masala. Men hukumatga zarur choralarni ko`rishga topshiriq berdim”, – degan Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev.

To`qaev Rossiya tomoni bilan ushbu masalada muloqot qilishini va milliy manfaatlar doirasida muammoni hal qilishini aytgan.

Rossiyada 21 sentyabr kuni qisman harbiy safarbarlik e`lon qilingach, mamlakatdan chiqib ketish istagida bo`lganlar soni keskin ko`paydi. Ular asosan Qozog`iston, Turkiya, Gruziya va O`zbekiston yo`nalishlarini tanlamoqda.

 

    Boshqa yangiliklar