AsosiyJamiyat

Tojikistondagi universitetning soxta hujjati bilan Toshkentga "o`qish"ga kiritib qo`yish uchun salkam 10 ming dollar so`raldi

'Tojikistondagi universitetning soxta hujjati bilan Toshkentga "o`qish"ga kiritib qo`yish uchun salkam 10 ming dollar so`raldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.R. 2 nafar fuqaroni go`yoki “S.R.” MChJ yordamida 9 600 AQSh dollari evaziga qo`shni Tojikiston Respublikasidagi universitetning 1-kursini tamomlaganligi haqida soxta hujjat tayyorlab berish orqali Toshkent shahridagi oliy ta`lim muassasalaridan biriga 2-kursiga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, oldindan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Abu Ali ibn Sino nomidagi Jizzax jamoat salomatligi texnikumi direktori o`rinbosari J.T., fuqaro Sh.ni ushbu texnikumiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Toshloq tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, 2-Marg`ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi yoshlar etakchisi R.X. va talaba M.K. fuqaro I.ni tanishlari yordamida ushbu texnikumga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 450 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar