AsosiyJamiyat

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar beriladi

'Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar beriladi'ning rasmi

Adliya vazirligi aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg`armasi mablag`lari hisobidan qanday maqsadlar uchun subsidiyalar ajratilishi haqida  ma`lumot berdi.

Unga ko`ra:

  • engil konstruksiyali issiqxonalar o`rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha (9 mln so`mgacha) miqdorida;
  • sug`orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so`mgacha) miqdorida;
  • urug`liklar va ko`chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha (900 ming so`mgacha) miqdorida;
  • ishsiz fuqarolar, kam ta`minlangan oilalar a`zolari va tashqi mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shaxslarga ularning bandligini ta`minlash maqsadida tashkil etiladigan qishloq xo`jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so`mgacha) miqdorida;
  • “O`zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi qo`lda gilam va ipak mato to`qish bilan shug`ullanuvchilarga 3 tadan kam bo`lmagan ish o`rni yaratish sharti bilan gilam va ipak mato to`qish dastgohini xarid qilishga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun – har bir dastgoh uchun BHMning 10 baravarigacha (3 mln so`mgacha) miqdorida;
  • “Yaylov xo`jaligini rivojlantirish” uyushmasi a`zolariga qo`l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo`yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o`rni yaratish sharti bilan BHMning 10 baravarigacha (3 mln so`mgacha) miqdorida;
  • 2025 yil 1 yanvargacha jismoniy shaxslarning aholi xonadonlarida baliq etishtirish yo`nalishi bo`yicha o`quv kurslarida o`qish xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravaridan oshmagan (600 ming so`mgacha) miqdorda bir martalik;
  • tadbirkorlik va o`zini o`zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo`lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun – 7 million so`mgacha, xotin-qizlarga 10 million so`mgacha;
  • tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan ishsiz fuqarolarga tadbirkorlik sub`ekti sifatida davlat ro`yxatidan o`tgandan so`ng dastlabki 3 oy mobaynida olingan bino va inshootning ijara to`lovini to`lash uchun – BHMning 10 baravarigacha (3 mln so`mgacha) miqdorida;
  • hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga a`zolik badali xarajatlari uchun – a`zolik badali miqdorida;
  • aholi bandligiga ko`maklashish markazida ro`yxatdan o`tgan, tadbirkorlik faoliyatini boshlashni xohlayotgan ishsiz shaxslarga – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun – sarflanadigan xarajatlarni to`lashda bir martalik;
  • “usta-shogird” an`analari asosida yoshlarga hunar o`rgatayotgan hunarmandlarga (kulollarga) shogirdlar tayyorlash, zarur xomashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan ta`minlash uchun – 6 oy davomida har oyda BHMning 2 baravaridan (600 ming so`mdan) kam bo`lmagan miqdorda;
  • shogirdlarga – mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, o`z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 25 baravari  (7,5 mln so`m) miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiya ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar