Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonga 2022 yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 123 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 1 925 876 dona mobil telefon import qilingan.
O`zbekiston 13 ta davlatdan telefon import qilgan.
O`zbekiston 8 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko`p import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 1,4 mln. dona
— BAA – 239 ming dona
— Vetnam – 148 ming dona
— Hindiston – 127 ming dona
— Qozog`iston – 25 ming dona
— Koreya – 2,1 ming dona
28.09.2022 06:38
O`zbekistonga 8 oyda 1,9 mln. dona telefon import qilingan






