Samarqand viloyati Bulung`ur tumanida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida voyaga etmagan bola halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 16 sentyabr kuni soat 09:00 larda tumanning Paxtaboshi qishlog`idan o`tuvchi ichki avtomobil yo`lda harakatlanib kelayotgan yuk transport vositasi o`zi bilan bir yo`nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan 4-sinf o`quvchisini urib yuborgan.
YTH oqibatida 10 yoshli maktab o`quvchisi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan bola o`qigan maktabda targ`ibot tadbirlari o`tkazilgan.






