AsosiyDunyo

Yaralangan 5 yoshli bola Suriyadagi urush timsoliga aylandi

Amerikaning CNN telekanali boshlovchisi Keyt Bolduin jonli efirda Suriyada havo hujumi pay...

Amerikaning CNN telekanali boshlovchisi Keyt Bolduin jonli efirda Suriyada havo hujumi paytida yaralangan 5 yoshli Omran Dakneesh haqidagi xabarni o`qiyotganda o`zini yig`idan to`xtata olmadi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Bola bombardimondan tirik qolgan va “Tez yordam” mashinasida kasalxonaga olib borilgan. Teleboshlovchi aksariyat 5 yoshli bolalar maktabga borishni orzu qilayotgan bo`lsalar, suriyalik bolakay esa tirik qolish, yashash uchun kurashayotganini ta`kidladi.

Shundan keyin boshlovchi Keyt Bolduin bir nafas jim qoldi va chuqur xo`rsingancha telesuflyorga qarab, Omran haqida gapirishda davom etdi:

“Biz bu aviahujum ortida kim turganini bilmaymiz. Vayronaga aylangan uy tagidan Omran va uning oila a`zolari qutqarilgan. U tirik. Biz bu haqda sizga xabar berishni istadik”.

The Telegraph muxbiri Rafael Sanches tomonidan suratga olingan Omranning rasmi ijtimoiy tarmoqda jadal sur`atlar bilan tarqalib, Suriyadagi urush timsoliga aylandi.

Boshqa yangiliklar