Jizzaxda noqonuniy valyuta savdosi bilan shug`ullanib kelgan shaxs qo`lga olindi.Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, G`allaorol tumani markazidagi savdo do`koni atrofida valyuta ayirboshlash bilan shug`ullanib kelgan O.B. fuqaro E.ga jami 3 500 AQSh dollarini 39,2 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






