AsosiyJamiyat

Toshkentdagi Oybek ko`chasining Nukus va Turkiston ko`chalari kesishuvi oralig`idagi qismida bo`lajak favvoraning o`rni paydo bo`ldi

Toshkentdagi Oybek ko`chasining 19 avgust kuni tongda yopilgan Nukus hamda Turkiston ko`chalari kesishuvi oralig`idagi qismida maxsus texnikalar yordamida bo`lajak favvoraning o`rni tayyorlab bo`lindi. Bu haqda Facebook va Telegram’dagi avtohavaskorlarning guruhlarida fotoxabarlar qoldirilgan, deb yozadi “Daryo”.

Avvalroq, Toshkent shahar hokimligi Toshkent temiryo`l vokzali oldi hududlarini yanada obodonlashtirish, hududda istiqomat qilayotgan ko`psonli aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oybek ko`chasining Nukus hamda Turkiston ko`chalari kesishuvi oralig`idagi qismi yopilishini ma`lum qilgan edi.

“Hududda yangicha echimda obodonlashtirish ishlari olib borilishi mo`ljallanmoqda”, — deyiladi Toshkent shahar hokimligining tezkor axborotida.

Boshqa yangiliklar